Bosh sahifaDASH / ARS • Kriptovalyuta
add
Dash (DASH / ARS)
Yopilish kursi
45 837,80
Yangiliklarda
Dash haqida
Dash bu ochiq turdagi dastlabki kodga ega boʻlgan kriptovalyutadir. Dashning markazlashtirilgan boshqaruvi mavjud emas – emissiya mayning vaqtida amalga oshiriladi. Maynerlar tomonidan olingan mukofotning 90 foizi maynerlar va masternod operatorlari oʻrtasida taqsimlanadi. Qolgan 10% maʼqullangan loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Dash avvalroq, yaʼni 2014-yil 18-yanvarda XCoin sifatida tashkil topgan. Ishga tushirilgan vaqtdan boshlab ikki kun ichida 1,9 millionga yaqin tanga topilgan. 2014-yil 28-fevral kuni uning nomi Darkcoinga oʻzgartirilgan. 2015-yil 25 mart kuni Darkcoin yangi Dash nomi bilan taqdim etildi. Dashning asoschisi - Evan Daffild.
Dash va Bitcoin oʻrtasidagi asosiy farqlar shundan iboratki, Dashdagi tranzaksiyalar InstantSend xizmati hisobiga juda tez tasdiqlanadi, shuningdek joriy etilgan Private Send funksiyasi tufayli foydalanuvchi ayrim tranzaksiyalarga yuqori maxfiylik darajasini qoʻllay olishi mumkin.
Der Spiegel bergan maʼlumotlarga koʻra, 2019-yil fevral oyi holatiga Dash Venesueladagi eng ommaviylashgan kriptovalyuta deb hisoblangan. WikipediaArgentina pesosi haqida
Argentina pesosi — Argentina davlatining pul birligi. 100 sentavodan iborat. ISO 4217 kodi, ARS qisqartmasi. Ilgari Argentina pul birligi „peso“ deb ham atalgan bo‘lsa, hozir pesoning oldingi nashrlari boshqa nomlarga ega. Argentinaning zamonaviy pul birligi 1992-yilda austral bekor qilingandan keyin muomalaga kiritilgan. Pesoning kursi 2002-yildan 2008-yilgacha AQSh dollariga nisbatan 3 peso atrofida oʻzgarib turdi, 2009-yildan 2011-yilgacha taxminan 4 pesoni tashkil etdi, 2015-yil oxirida bir dollar uchun taxminan 10 pesoni tashkil etdi. Peso kursini ushlab turish maqsadida Markaziy bank tomonidan vaqti-vaqti bilan AQSH dollari xaridlari amalga oshirildi.
Muomalada 1000, 500, 200, 100, 50, 20, 10 peso nominalidagi banknotalar, 1, 2, 5 va 10 peso nominalidagi tangalar, shuningdek, 50, 25, 10, 5 va 1 sentavo nominalidagi tangalar mavjud. Wikipedia