Bosh sahifaDASH / MAD • Kriptovalyuta
add
Dash (DASH / MAD)
Yopilish kursi
303,99
Yangiliklarda
Dash haqida
Dash bu ochiq turdagi dastlabki kodga ega boʻlgan kriptovalyutadir. Dashning markazlashtirilgan boshqaruvi mavjud emas – emissiya mayning vaqtida amalga oshiriladi. Maynerlar tomonidan olingan mukofotning 90 foizi maynerlar va masternod operatorlari oʻrtasida taqsimlanadi. Qolgan 10% maʼqullangan loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Dash avvalroq, yaʼni 2014-yil 18-yanvarda XCoin sifatida tashkil topgan. Ishga tushirilgan vaqtdan boshlab ikki kun ichida 1,9 millionga yaqin tanga topilgan. 2014-yil 28-fevral kuni uning nomi Darkcoinga oʻzgartirilgan. 2015-yil 25 mart kuni Darkcoin yangi Dash nomi bilan taqdim etildi. Dashning asoschisi - Evan Daffild.
Dash va Bitcoin oʻrtasidagi asosiy farqlar shundan iboratki, Dashdagi tranzaksiyalar InstantSend xizmati hisobiga juda tez tasdiqlanadi, shuningdek joriy etilgan Private Send funksiyasi tufayli foydalanuvchi ayrim tranzaksiyalarga yuqori maxfiylik darajasini qoʻllay olishi mumkin.
Der Spiegel bergan maʼlumotlarga koʻra, 2019-yil fevral oyi holatiga Dash Venesueladagi eng ommaviylashgan kriptovalyuta deb hisoblangan. WikipediaMarokash dirhami haqida
Dirham arabcha: سنتيم.Fransuz frankiga bogʻlangan dirhamning birinchi chiqarilishi 1960-yilda boʻlib oʻtgan.Bungacha Marokashning asosiy valyutasi Marokash franki edi.
1985-yildan beri dirham qattiq valyutalarga nisbatan suzib kelmoqda. Banknotlar 20,50,100,200 Dh, tangalar- 5,10 va 20 santimetr,1/2,1, 2, 5 va 10 dirham nominallarida chiqariladi. 1 dollar taxminan 8-10 Marokash dirhamiga teng. Valyuta kursi ancha barqaror, u butun mamlakat boʻylab bir xil va davlat tomonidan belgilanadi. Bankdan sertifikatsiz 500 dollardan ortiq valyutani mamlakatdan olib chiqish taqiqlanadi. Wikipedia